![]() | ![]() | ![]() | ![]() |
2018-yil 14-yanvar kuni O'zbekiston qushlarni muhofaza qilish jamiyati o'z a'zolarini va qo'llab quvvatlovchilarni suv-botqoq qushlarining an'anaviy qishki sanog'ida (IWC) ishtirok etishga taklif etadi. Qishning birinchi ekologik sanasi 52-marta nishonlanadi!
Suv-botqoq qushlari sanog'i tashkilotchilarining xabarlariga ko'ra O'rta Osiyo hududida suv qushlari sonining kamayib borayotganligi xavotirli holatdir. O'rta Osiyo davlatlari bo'yicha kamyob va havf ostidagi qushlar populyatsiyalariga oid ma'lumotlar juda ham kam. Shuning uchun bizning birinchi galdagi vazifamiz - bu O'zbekistonda qishlovchi turlarni baholash uchun ma'lumotlarni to'plashdan iborat. Bu ishda bizga O'zbekiston qushlarni muhofaza qilish jamiyati a'zolari va tarafdorlari yordam berishlari mumkin!
Jamiyat sanoq natijalarini beshta talabalik klublarining har biridan kutmoqda!
Вебмастер Эрнест Хуршут: uznix@narod.ru | Ўзбекистон балиқлари Янгиланган: 04.04.2021 |