www.uzspb.uz  
 
English Russian

O'ZBEKISTON QUSHLARNI MUHOFAZA QILISH JAMIYATI (UzSPB) KLUBLARI

Qushlarni muhofaza qilish jamiyati talabalar klublarining tarmog'i 10 yildan buyon O'zbekistonda faoliyat ko'rsatmoqda! Klublar Qushlarni muhofaza qilish Jamiyatining yo'nalishlariga muvofiq faoliyat yuritadilar, ularning a'zolari O'zbekistonning beshta universitetining talabalaridir.

Talabalar klublarining a'zolari O'zbekiston Qushlarni muhofaza qilish jamiyati a'zolarining yarmini tashkil etadi, ular jamiyatning qushlarni o'rganish, ularning yashash muhitlarini muhofaza qilish, shuningdek yoshlar va kattalar o'rtasida ekologik bilimlarni oshirishga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etadilar.

XALQARO SUV QUSHLARI SANOG'I KUNI (IWC), 10-15 YANVAR

Har yili yanvar oyining ikkinchi yakshanbasida O'zbekiston qushlarni muhofazaa qilish jamiyatining talabalar klublarining an'anaviy suv-botqoq qushlarining xalqaro sanog'ida (IWC) ishtirok etadilar. Suv-botqoq qushlari sanog'i kuni dunyodagi 143 mamlakatdagi suv-botqoq hududlari holatini kuzatish va nazorat qilish imkonini beruvchi eng yirik va eng qadimgi dasturidir.

Har yili yanvar oyida jamiyatning talabalar klublari o'z kuzatuvlari va tadbirlarini quyidagi hududlarda o'tkazadilar:

SPRINGB ALIVE DASTURI, MART - MAY

"Bahor keldi" dasturi Yevropa va Osiyoning 40 ta mamlakatida hamda Afrikaning 14 ta mamlakatida amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur tabiatning go'zalligini nishonlaydi, bolalarni uning himoyasiga qiziqtiradi. Bolalar, ota-onalari bilan birgalikda har yili ko'chib yuruvchi qushlarining kelishini kuzatadilar va nishonlaydilar, shuningdek, yopiq inshootlar va tabiat qo'ynida o'tkaziladigan ta'lim tadbirlarida qatnashadilar.

"Bahor keldi" mavsumining boshlanishidan oldin, jamiyatning talabalar klublari a'zolari o'zlarining oliy o'quv yurtlarida "Bahor keldi" mavsumining boshlanishi haqida ma'lumotlar bilan o'rtoqlashadilar, shuningdek, qushlarning beshta turi - bahor elchilari haqida ma'lumot berishadi. O'tgan «Bahor keldi» mavsumining yakunlari bo'yicha O'zbekistonlik ishtirokchilar dasturning veb-saytida 135 ta kuzatuv qayd etishdi, bu esa mamlakatimizning 41 ta ishtirokchi mamlakat orasida 12-o'rinni egallashiga imkon berdi!

XALQARO QUSHLAR KUNI, 1-APREL

So'nggi 11 yil davomida eng yorqin ekologik bahor bayram - 100 yildan ziyod tarixga ega bo'lgan Xalqaro Qushlar kuni O'zbekistonda nishonlamoqda. Qushlar kuni Qushlarni muhofaza qilish jamiyati tarafdorlari uchun haqiqiy kasb bayrami hisoblanadi. Bayram O'zbekistonning beshta viloyatida talabalar klublarining a'zolari ishtirokida nishonlanadi. Ushbu kun uyushtiriladigan tadbira qushlarni kuzatish, sahna ko'rinishlari namoyish etish, ko'rgazmalar, mahorat darslari, o'yinlar, viktorinalar va ilmiy seminarlar kabilarni o'z ichiga oladi, ular har yili ko'plab ishtirokchilarni birlashtiradi. Bu yilgi Qushlar kuni 900 kishini, shu jumladan, 300 nafar maktab o'quvchilarini birlashtirdi.

BUTUNJAHON UCHIB O'TUVCHI QILUVCHI QUSHLAR KUNI (WMBD), 10-15 MAY

Parvoz yo'llarining chorrahasida joylashganligi sababli mamlakatimiz migratsiya qiluvchi qushlarining 117 turiga kiradi muhim sanaladi, ularning aksariyati kamdan-kam uchraydi.

Shu sababli, har yili dunyoning 80 ta mamlakatidan ekologik tashkilotlarining vakillari birgalikda Butunjahon uchib o'tuvchi qushlarni muhofaza qilish kunida (WMBD) ishtirok etadilar. Mamlakatimizda WMBD ishtirokchilari migratsiya davrida qushlar duch kelishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklar to'g'risida ma'lumotlar berib turadilar. 2018-yilgi WMBD ning mavzusi - "Qushlarni muhofaza qilishda ovozlarimizni birlashtiraylik!" Ushbu chaqiriqdan so'ng Qushlarni muhofaza qilish jamiyati va talabalar klublari tomonidan mamlakatimizning beshta viloyatida o'tkazilgan tadbirlarda 270 dan ortiq odam ishtirok etdi.

BUTUNJAHON ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH, 5-IYUN

Talaba klublarining a'zolari har yili atrof muhitni muhofaza qilish kuniga bag'ishlangan tadbirlarni tashkil etishda qatnashadilar. Shunga ko'ra, 2018-yilgi atrof-muhitni muhofaza qilish kunining mavzusi "Plastik bilan ifloslanishga qarshi kurash" bo'lib, bugungi kunning eng katta ekologik muammolaridan biri sifatida har kimni plastik chiqindilar bilan kurashda birlashishga chaqirdi.

Amalda deyarli barcha tabiiy hududlar plastik zarrachalar bilan ifloslangan - bu birinchi navbatda odamlarning sog'lig'iga va biologik xilma-xillik holatiga ta'sir qiladi. Shunday qilib, har yili 500 milliarddan ortiq plastik qoplardan foydalaniladi, bu esa quvurlarimizdan keladigan suvning 83 foizi plastik zarralar mavjud bo'lishiga sabab bo'ldi! Tabiatda qolgan plastmassa inson va yovvoyi hayvonlarning tanasiga kiradi va bu qanday oqibatlarga olib kelishi haqida iyun oyining boshida Toshkent viloyatida va Qoraqalpog'istonda bo'lib o'tgan ikki tadbirga ishtirokchilarga Qushlarni himoya qilish jamiyatining faollari gapirib berdi.

QUSHLARNING KUZGI KUZATUV KUNLARI (EBW), OKTYABR 1-10

Qushlarnining kuzgi kuzatuvi bo'yicha xalqaro tadbir - "EuroBirdwatch" - butun dunyoda qushlarni kuzatish uchun eng yaxshi tadbir.

2018 yilda butun dunyoda 25 ming kishi qushlarni kuzgi kuzatuvi kunlarida minglab tadbirlar o'tkazdi! Qayd etilgan qushlarning soni besh millionni tashkil etdi, bu o'tgan yilgi natijalardan ancha ko'p edi! O'zbekistong qushlarni himoya qilish jamiyatining EuroBirdwatch kompaniyada faol ishtiroki tufayli, O'zbekiston aksiyaning dunyo bo'yicha natijalari taqdim etilgan matbuot varaqasida qayd etildi. "EuroBirdwatch" muvofiqlashtirish markazi tomonidan tayyorlangan ommaviy axborot vositalari uchun rasmiy bayonotda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o'rinbosari Jumanov Muradbay Arepbayevich,"General Motors Powertrain Uzbekistan" bosh direktori Jennifer Bigelovning ishtiroki qayd etildi.

Talabalar klublari ushbu kunlarda quyidagi hududlarda kuzatuv va tadbirlarni o'tkazadilar:

TALABALAR ANJUMANLARI

Talabalar klublarining 10 yillik tarixi davomida, Qushlarni muhofaza qilish jamiyati talabalar ishtirokida 6 ta respublika va xalqaro anjumanlar o'tkazdi:

Supported by: BirdLife International NABU

Сайт маълумотларидан фойдаланилганда манбага ҳавола қилиниши шарт.
Сайт маълумотларини Олег Кашкаров тайёрлади.
  Вебмастер Эрнест Хуршут: uznix@narod.ru | Ўзбекистон балиқлари
Янгиланган: 04.04.2021